O’yin sizdan, hisob bizdan.

O'yin klublari uchun dastur — bilyard, PlayStation, karaoke. Stol vaqti, bar va kassa bitta ilovada.

Navbat sizda — stolga bosing

Butun zal — bitta ekranda.

ClubTime kompyuter ilovasi: turli klub stollari va ishlayotgan taymerlar
ClubTime telefon ilovasi: stollar ekrani

Bilyard klublari uchun

4 oy bepul.

Klubingiz endi ochildimi? Birinchi to'rt oy — bizdan.

Ilovani yuklang va Telegram'da klubingiz haqida yozing — to'rt oyni o'zimiz yoqamiz. Keyin qolish-qolmaslik — o'zingizning ixtiyoringiz.

  1. 1Yangi ochilgan klub
  2. 2Bilyard, 10 tagacha stol
  3. 3To'liq Pro tarif
  4. 4Karta shart emas

Vaqt sotadigan har qanday klub.

Bilyard PlayStation Karaoke, VR va antikafe
Soatbay har qanday o’yinKompyuter klublari, stol tennisi (ping-pong), stol futboli, aerohokkey, darts, stol o'yinlari

Har so’m — darhol telefoningizda.

Yopilgan har stol va smena — Telegram'da. Klubda bo'lmasangiz ham.

Daftar o’rniga.

  • Jonli taymerlar
  • Kunduzgi va tungi narx
  • Seansni ko’chirish
  • Bar va ombor
  • Jihoz ijarasi
  • Hisobotlar
  • Chek printeri
  • Smart rozetka
  • Telegram xabarlar
  • Bron
  • Xodimlar smenasi
  • Internetsiz ishlaydi

15 kun bepul, kartasiz

4 platforma

11 ilova tili

1 obuna — butun jamoaga

Funksiyaga emas, stolga to’lang.

Har tarifda barcha funksiyalar bor.

Bepul sinov

0so'm · 15 kun

15 tagacha stol

Bepul boshlash

Start

80 000so'm/oy

3 tagacha stol

Bir martalik oy: 100 000

Tanlash

StandartOmmabop

150 000so'm/oy

8 tagacha stol

Bir martalik oy: 180 000

Tanlash

Pro

300 000so'm/oy

15 tagacha stol

Bir martalik oy: 350 000

Tanlash

Biznes

3 600 000so'm · Bir to'lov — umrbod

50 tagacha stol

Tanlash

Kartadan oylik avto-to'lov yoki Click orqali bir martalik to'lov (Uzcard, Humo). Narxlar so'mda. Xorijdan — ilova ichida App Store orqali, o'z valyutangizda.

Savollar

ClubTime qaysi klublar uchun?

Vaqt bo'yicha pul oladigan har qanday klub uchun: bilyard, PlayStation va konsol klublari, kompyuter klublari, VR, karaoke, stol tennisi, stol futboli, aerohokkey, darts va stol o'yinlari.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Hammasi avval qurilmada saqlanadi, internet qaytganda bulutga o'zi sinxronlanadi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Android va iPhone/iPad telefon hamda planshetlarda, Windows va macOS kompyuterlarida. Klub egasi boshqa telefondan klubni jonli kuzatib turadi.

Bepul sinov qancha davom etadi?

15 kun, 15 tagacha stol, barcha funksiyalar ochiq. Karta kerak emas.

Stol chirog'i o'zi yonadimi?

Ha, Tuya / Smart Life smart rozetkasi bilan: seans boshlanganda tok yoqiladi, tugaganda o'chadi. Internet uzilsa ham mahalliy Wi-Fi orqali ishlaydi.

Maxsus chek printeri kerakmi?

Android'da istalgan Bluetooth ESC/POS termoprinter. Windows va Mac'da tizimga o'rnatilgan har qanday printer. Qog'oz 58 yoki 80 mm; chekda batafsil hisob va QR kod bo'ladi. iPhone'da chek chiqarish yo'q.

Birinchi zarba — sizdan.

15 kun bepul. Sozlash — 5 daqiqa.